QO‘QON UNIVERSITETI XALQARO HAMKORLIK DEPARTAMENTI BOSHLIG`I

TOHIRBEK UMAROV

 

Qabul vaqti: payshanba soat 13:00-15:00

E-mail: kokanduni2019@gmail.com , kokanduni@umail.uz

Tel: +998936304148

 

 

Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i lavozim vazifalari

O‘quv muassasasi bilan xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzadi va ularni amalga oshirib boradi;

• Xorijiy aloqalarga doir bo‘lgan masalalarni hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan aloqada bo‘ladi;

• Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilar, stajyor-tadqiqotchilar, ta’lim olayotgan magistrlar va talabalar bilan yaqindan har tomonlama ish olib boradi;

Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i haqida umumiy ma’lumot

JIDU va Koreya tili va madaniyatini o`rganish akademiyasi bitiruvchisi.

Qo‘qon universiteti  Xalqaro hamkorlik departamenti haqida ma’lumot

Qo‘qon universiteti Xalqaro hamkorlik departamentining asosiy vazifasi xorijdagi oliy o‘quv yurtlari, xalqaro ta’lim bo‘yicha tashkilotlar bilan ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.  

Universitet rektorining bevosita rahbarligida chet ellardagi oliy o‘quv yurtlarining malakali iqtisodchi, tilshunos professor-o‘qituvchilarini Qo‘qon universiteti talabalariga dars berish va ma’ruzalar o‘qish uchun taklif etish, universitet professor-o‘qituvchilarini xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishlariga ko‘maklashish, xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va anjumanlarda Qo‘qon universiteti vakillarini muvofiqlashtirilgan holda ishtirokini ta’minlash, chet ellardagi mashhur ilmiy markazlar va turli dasturlar hamda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan vakolatxonalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatish va ta’lim sohasida keng hamkorlik qilish va boshqalardan iborat.