Qo‘qon universiteti rahbariyati Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda Qirg‘iziston ilmiy-tadqiqot meditsina-ijtimoiy instituti (NIMSI) bilan hamkorlikda xalqaro vebinar o‘tkazdi. “Xalqaro va milliy tizimlar doirasida siyosat, iqtisod va huquq” mavzusi atroflicha muhokama etilgan vebinarda Qo‘qon universitetining 40 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilari, JIDU va NIMSI ekspertlari ishtirok etdilar.

Xalqaro vebinarda NIMSI xalqaro bo‘limi eksperti Azamat Kaliyev "Государство в политической системе общество”, JIDU Siyosatshunoslik kafedrasi dosenti Faridun Sattarov "Место Узбекистана в международной политико-правовой системе" mavzularida ma’ruzalar qildilar.

Shuningdek, xalqaro vebinar ishtirokchilari JIDU Xalqaro xususiy huquq va fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi professori v.b., yuridik fanlari doktori Bexzod Ochilovning “O‘zbekistonning xalqaro siyosiy-huquqiy tizimdagi o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasini qiziqish bilan tingladilar. Qo‘qon universitetining Biznes va ta’lim kafedrasi dekani Jamoliddin Qambarov o‘z ma’ruzasida Covid-19 virusi pandemiyasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri va uning oqibatlarini yumshatish choralari to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar taqdim etdi.

Xalqaro vebinar savol-javoblar bilan qizg‘in o‘tdi. Ma’ruzachilar xalqaro vebinar Sertifikati bilan taqdirlandilar.