Universitetimizning yuzlab talabalarini o‘z atrofida jamlagan "Qiziqarli viktorina" intellektual o‘yinida bir hafta mobaynida eng ko‘p to‘g‘ri javoblarni yo‘llagan superg‘olib aniqlandi. Mehmonxona va turizmni boshqarish yo‘nalishi talabasi Yuldasheva Xosiyatxon haftaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi.

G‘olib talabamiz universitetimiz rahbariyatining 1 GB internet trafik mukofotini qo‘lga kiritdi. 

"Qiziqarli viktorina" intellektual o‘yini uchun eng yaxshi va qiziqarli, noodatiy savol tuzgan o‘qituvchi-xodimlarni taqdirlash ham ko‘zda tutilgan. Qo’qon universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat departamenti boshlig‘i Aliakbar Yunusov eng yaxshi savol muallifi deb topildi va rahbariyat tomonidan 500 MB internet trafik bilan taqdirlandi.

G‘oliblarimizni tabriklaymiz!!!