Hurmatli abituriyentlar!

2020-2021 o‘quv yili uchun Qo‘qon universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari joriy yilning 13 sentabr kuni, soat 8:00 da Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasi, 81-A uyda joylashgan Qo‘qon shahar Markaziy stadionida o‘tkaziladi.   

Test sinovlari 1-smenada 8:00 dan 11:00 gacha bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlarni testga kiritish 6:00 dan boshlanadi.

Testga belgilangan vaqtdan avvalroq borganingiz maqsadga muvofiq.

Testga kirish uchun 2 ta hujjat kifoya:

  1. fuqarolik pasportining asl nusxasi;
  2. abituriyent ruxsatnomasi.

Pasport nusxasi, haydovchilik guvohnomasi yoki harbiy guvohnoma kabi hujjatlar o‘tmaydi.

Abituriyent ruxsatnomasini qabul.kokanduni.uz platformasi orqali shaxsiy kabinetingizdan yuklab olishingiz mumkin.

Abituriyent ruxsatnomasida test sanasi, vaqti, joyi, sektor va guruh raqami haqida barcha ma’lumotlar mavjud.

Abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qog‘ozga chop etib olish kerak.

Iltimos, «ABITURIYENT RUXSATNOMASI»ni «ABITURIYENT QAYD VARAQASI» bilan adashtirmang!

Testga ruchka olib kelish shart emas.

Abituriyentlar o‘zlariga qulay formada kelishlari mumkin.

Testda 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta savol beriladi. 1-fan uchun 3,2 ball, 2-fan uchun 3,1 ball. Maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 189 ball. 

Testga (javoblarni bo‘yash uchun) jami 3 soat vaqt beriladi. Xorijiy tilda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarga 1 ta fan uchun 1 yarim soat vaqt beriladi.

Testga karantin qoidalariga amal qilgan holda imkon qadar ota-onalar va boshqa kuzatuvchilarsiz borishga harakat qiling. 

Eng asosiysi test sinovlaridan qo‘rqmang. Xotirjamlikni yo‘qotmang, diqqatingizni jamlang, o‘z bilimingizga ishoning.

Barcha bilimli abituriyentlarga omad tilaymiz!