Joriy yilning 13 sentabr kuni Qo‘qon universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun Davlat test markazi tomonidan oshkoralik va shaffoflik ta’minlangan holda kirish test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovlari Qo‘qon shahrining “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tdi. 

Pandemiya sharoitida shaxsiy himoya vositalari va ijtimoiy masofa belgilanib, sanitariya epidemiologiya qoida va me’yorlariga to‘liq rioya etildi. 

Test sinovlari o‘tkazilayotgan ochiq stadionda zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilib, imtihonlarning oshkora va shaffof tarzda o‘tkazilishi DTM vakillari, jalb etilgan nazoratchilar va jamoatchilik vakillari tomonidan professional darajada o‘rnatilgan tartib asosida amalga oshirildi.

Qo‘qon universiteti test sinovlariga Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov tashrif buyurib, abituriyentlarga omad tiladi.