KU talabalari uchun ajoyib imkoniyat!!!

Qo‘qon universitetining baxtiyor yoshlari, sizlarga buyuk kelajakka yetmoq uchun yanada faol, sog‘-salomat, ilmli va bilimli bo‘lishingizni tilagan holda qiziqarli tanlovlarni tashkillashda davom etamiz.  KU yoshlari uchun eng yaxshi tabrik tanlovi! Tanlov shartlariga ko‘ra talabalar aynan qaysidir do‘stlari, kursdoshlari yoki butun Qo‘qon universiteti yoshlari uchun yo‘llangan tabrik xatlarini @Kokanduni_SL telegram manziliga yuborishlari lozim. Muddat 29 iyunga qadar. Tabriklar 20 iyundan boshlab @kokanduniversity telegram kanaliga joylashtirib boriladi. 

Eng ko‘p ovoz to‘plagan tabrik sohibi universitet rahbariyati tomonidan sertifikat va 1 GB internet trafik bilan rag‘batlantiriladi.