QO‘QON UNIVERSITETI STARTAP VA INNOVATSION TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI BOSHLIG‘I

Mazaitov Jamshid Qahramonjon og‘li

Qabul vaqti: seshanba 14:00-17:00

Telefon: (+99890)3716558

E-mail: jmazaitov@gmail.com

 

Startap va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish departamenti boshligining lavozim vazifalari

  • Qo‘qon universitetining startap loyihalar va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha strategiyasi va taktikasi ijrosini ta’minlash;
  • Universitet rahbariyatining topshiriqlari ijrosini ta’minlash;
  • Universitet departamentlari bilan hamkorlik va aloqalarni ta’minlash;
  • Qo‘l ostidagi xodimlarning motivatsiyasi uchun mas’ul.

Startap va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish departamenti haqida ma’lumot

  • Qo‘qon universiteti startap va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish departamentining oliy maqsadi jahon miqyosida tan olingan startapchilar va innovatsion tadbirkorlar avlodini tarbiyalashdir.   
  • Departamentning ustuvor yo‘nalishlariga O‘zbekistondagi startap ekotizimini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish va Qo‘qon universiteti talabalarida startap va innovatsion tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish kabilar kiradi. 
  • Asosiy vazifa jahon va O‘zbekiston startap hamjamiyati bilan doimiy va sermahsul aloqa o‘rnatish, investorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, Qo‘qon universiteti talabalari uchun maxsus inkubatsiya va akseleratsiya dasturini amalga oshirish, startaplar bazasi va katalogini shakllantirish va doimiy yangilab borish, talabalar uchun maxsus oq‘uv seminarlari tashkil etishdan iboratdir.