Qo‘qon universitetida “Ta’lim sifatini yaxshilash va o‘quv faoliyatni takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi seminarlar doirasida professor-o‘qituvchilarga ta’lim jarayonida startap komponentlaridan foydalanish xususida ham trening o‘tkazildi.

Universitetning Talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti mutaxassisi Jamshid Mazoitov tomonidan o‘tkazilgan “Startap loyihasi – muvaffaqiyat sari ilk qadam” mavzusidagi seminar-treningda an’anaviy bizneslardan startapning farqi, mashhur startaplar va startaperlar hamda ular qanday muammolarga yechim topganliklari haqida ma’lumotlar berildi.

Startaplar orqali ko‘nikmalarni shakllantirish, design thinking – dizayn fikrlash haqida ham so‘z bordi.

To‘rt kun davom etgan "Ta'lim sifati va o‘quv faoliyatni takomillashtirishning dolzarb masalalari mavzusidagi seminarlar muvaffaqiyatli yakunlanganligi uchun barcha ishtirokchi professor-o‘qituvchilarga Sertifikatlar taqdim etildi.