Yoshlik shunisi bilan go‘zalki, uning kelajagi bor!

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning tashabbus va intilishlarini ro‘yobga chiqarish, KU rahbariyati tomonidan rag‘batlantirish maqsadida 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir qator tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

2020 yil 18 iyundan 2020 yil 29 iyunga qadar #National_Selfie_Day nomli challenge e'lon qilamiz. Talabalar milliy ruhdagi selfilarini @kokanduni_SL telegram manziliga yuborishadi. 2020 yil 25 iyundan boshlab @kokanduniversity telegram kanaliga joylashtirib boriladi. 

Eng ko‘p like yiqqan talabalar universitet rahbariyati tomonidan sertifikat va 1 GB internet trafik bilan rag‘batlantiriladi.