QO‘QON UNIVERSITETI REKTORI

SUNG JOON LEE

E-mail: rector@kokanduni.uz


Qo‘qon universiteti rektorining lavozim vazifalari:  

Xalqaro ta’lim standartlari asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, Universitetda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va  Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash, Universitet tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganish, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlili, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish, shuningdek xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish.

Rektor haqida umumiy ma’lumot

Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Koreyaning Woosong universitetida 37 yil ishlagan.

Xalqaro savdo professori sifatida tadqiqot va ta'lim bilan shug‘ullanadi.


QO‘QON UNIVERSITETI AKADEMIK ISHLAR BOYICHA PROREKTORI

SHERALIYEV OYBEK RIXSILLAYEVICH

Qabul vaqti: dushanba 15:00 – 17:00

E-mail: o.sheraliyev@kokanduni.uz

Tel: +99873 545 55 55


Akademik ishlar bo‘yicha prorektorning lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish, davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv va o‘quv uslubiy ishlarni tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko’rsatmalari, o‘quv jarayoniga oid masalalar bo‘yicha Universitet kengashi qarorlari  va rektor buyruqlarining bajarilishini ta’minlash, o‘quv jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanishni tashkil etish va boshqalardan iborat. 

Akademik ishlar bo‘yicha prorektor haqida umumiy ma’lumot

Sheraliyev Oybek Rixsillayevich siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – Jahon iqtisodiyoti va geosiyosat.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘quv ishlari prorektori lavozimida ishlagan.

Toshkent Davlat sharqshunoslik institutida xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida mas'ul lavozimda ishlagan.

30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.


QO‘QON UNIVERSITETI ILMIY ISHLAR BOYICHA PROREKTORI

OCHILOV BEXZOD ERGASHOVICH

Qabul vaqti: seshanba 15:00 – 17:00

E-mail: b.ochilov@kokanduni.uz


Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorning lavozim vazifalari:

Jahon andozalariga mos fundamental tadqiqotlar, fanning muhim sohalari bo‘yicha yangi ilmiy maktablarni shakllantirishni tashkil etish, rivojlangan mamlakatlar ta’lim va fan tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, xorijiy Universitetlar, ilmiy-tadqiqot Universitetlari bilan ilm-fan va oliy ta’lim sohasida o‘zaro teng manfaatli hamkorlikni amalga oshirish, iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish, ularni turli tanlovlarda qatnashishga tayyorlash, talabalarni kafedrada bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, xalqaro miqyosdagi ilmiy ishlar marketingini tahlil qilib, uni Universitet sharoitiga moslashtirish, Universitetda ilmiy maktablarning shakllanishiga ko‘maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli ishlarni olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishda xalqaro ilmiy tajribalardan foydalanishni tashkil etish, xalqaro nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish va hamkorlikdagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish va boshqalardan iborat.

Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor haqida umumiy ma’lumot

CEU COLPIning xorijiy fan doktori (JD - Judicial Doctor) ilmiy darajasiga ega.

100 dan ortiq ilmiy ish va 10 ga yaqin qonun loyihasi muallifi.

Cambridge University bilan 2010-2014 yillarda xalqaro hamkorlikka rahbarlik qilgan.

O‘zDJTUda prorektor, respublika miqyosidagi bir nechta o‘quv markazlari direktori lavozimlarida ishlagan.


QO‘QON UNIVERSITETI TASHKILIY-MOLIYAVIY ISHLAR BOYICHA PROREKTORI

MUHAMMADIYEV AZIZ ERKINOVICH

Qabul vaqti: dushanba-juma 15:00 – 17:00

E-mail: a.muxammadiyev@kokanduni.uz

 


Moliyaviy va tashkiliy ishlar bo‘yicha prorektorning lavozim vazifalari:

Ma’muriy, xo‘jalik va moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq bo‘limlarning ish rejalarini tasdiqlash va xodimlarini umumiy boshqarish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini xodimlarga yetkazib borish, Universitet shtatlar jadvali va xarajatlar smetalarining to‘g‘ri tuzilishini va moliyaviy faoliyatni ta’minlaydigan bo‘limlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish va boshqalardan iborat.

Moliyaviy va tashkiliy ishlar bo‘yicha prorektor haqida umumiy ma’lumot

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisod va menejment, bank ishi. “Universalbank” Uchko‘prik mini-banki mudiri lavozimida ishlagan.

Shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik zonalar hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.