QOQON UNIVERSITETI QABUL VA MARKETING DEPARTAMENTI BOSHLIGI

Aliyev Alibek Sobirovich

Qabul vaqti: dushanba-juma (soat 14:00 dan 18:00 gacha)

Tel: +998903603303

E-mail: a.aliyev@kokanduni.uz

 

 

 

Qabul va marketing departamenti boshlig‘ining lavozim vazifalari:

Qo‘qon Universitetida o‘qishga qabulni sifatli tashkil etish, xorijiy fuqarolarni qabul qilish, test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish, abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish, o‘qish uchun to‘lov tartibi va miqdori bo‘yicha ma’lumotlar berish hamda o‘qishga qabul qilish bo‘yicha hujjatlarni yuritadi.

Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta’lim xizmatlariga qo‘yilgan, ya’ni bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoratini o‘rganish hamda ularning ish beruvchilar talablariga muvofiqligini aniqlash ishlarini bajaradi.

Qabul va marketing departamenti boshlig‘i haqida umumiy ma’lumot:

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.

“Qo‘qon yog‘-moy” OAJ, “Qo‘qon mexanika zavodi” AJda marketing va sotish bo‘limi eksport va import operatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

Qabul va marketing departamenti haqida ma’lumot:

- Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoratini o‘rganish hamda ularning ish beruvchilar talablariga muvofiqligini aniqlash;   

- Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlari, xizmatlar bozori kon’yunkturasining o‘zgarishini tahlil qilish hamda yangicha rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash; 

- bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim xizmatlari bozori va kon’yunkturasiga ta’sir ko‘rsatuvch turli xil omillar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tahlil qilish asosida bitiruvchilarni oldindan ishga taqsimlash tizimini tashkil qilish va amalga oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.