Qo‘qon universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi

Universitetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

•  Iqtisodiyot;

•  Moliya;

•  Menejment;

•  Tadbirkorlik;

•  Mehmonxona va turizmni boshqarish;

•  Maktabgacha ta’lim;

•  Boshlang‘ich ta’lim;

•  Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.

Hujjatlarni onlayn ravishda www.qabul.kokanduni.uz  veb sahifasi orqali topshirish mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2020 yil 20 iyundan 20 iyulga qadar.                

Quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

•  fuqarolik pasporti yoki ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl

(pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan ma’lumotnoma);

•   pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

•  umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);

•   rasm – 3,5x4,5 sm.  (rasmga tushgan muddati 3 oydan oshmagan bo‘lishi lozim); 

• ingliz tili – milliy sertifikat (CEFR B2) yoki xalqaro imtihon tizimlari (International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 46), Cambridge Assessment English (FCE)) bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

• nemis tili – milliy sertifikat (CEFR B2) yoki xalqaro imtihon tizimlari (Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF)) bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

•  fransuz tili – milliy sertifikat (CEFR B2) yoki xalqaro imtihon tizimlari (Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF)) bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

Ingliz, nemis va fransuz tillarini bilish darajasi bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tili fanidan bo‘lib o‘tadigan imtihondan ozod etiladilar va fan bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori balga ega bo‘ladilar.

Ta’lim yo‘nalishidan kelib chiqib, quyidagi fanlardan test sinovlari o‘tkaziladi:

•    Iqtisodiyot – matematika (3,2 ball), ingliz tili (3,1 ball);

•    Moliya – matematika (3,2 ball), ingliz tili (3,1 ball);

•    Menejment – matematika (3,2 ball), ingliz tili (3,1 ball);

•    Tadbirkorlik – matematika (3,2 ball), ingliz tili (3,1 ball);

•   Mehmonxona va turizmni boshqarish – matematika (3,2 ball), ingliz tili  (3,1 ball);

•    Maktabgacha ta’lim – biologiya (3,2 ball), ona tili va adabiyoti (3,1 ball);

•    Boshlang‘ich ta’lim – ona tili va adabiyoti (3,2 ball), matematika (3,1 ball);

•    Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili – ingliz tili (3,2 ball), ona tili va adabiyoti  (3,1 ball).

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huziridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi. 

Universitetga har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (universitet granti asosida) 10 nafar abituriyentlar o‘qishga qabul qilinadilar.

Shuningdek, Respublika (1-o‘rin) va xalqaro (1-3-o‘rinlar) fan olimpiadalari g‘oliblari bo‘lgan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Qo‘qon universitetiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz universitet granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: Qo‘qon universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi  “Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi 683-son qarori asosida tashkil etilgan.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Qabul jarayoni bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi rasmiy sahifalarimizga murojaat qilishingiz mumkin:

@kokanduni

instagram.com/kokanduni

facebook.com/kokanduni

Call center: +99873 545-55-55, +99873 545-33-33

Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy.

Rasmiy veb-sayt: www.kokanduni.uz