Qo‘qon universitetida AQSHdagi eng yirik oliy o‘quv muassasalaridan biri – Minnesota universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 55 mingdan ortiq talabalari bor ushbu nufuzli universitet bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelgusida Qo‘qon va Minnesota universitetlari o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashish yuzasidan kelishish, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.