UMAROV IBROHIMJON ILXAMOVICH

Qo‘qon universiteti ilmiy-tadqiqot departamenti boshlig‘i

 Qabul vaqti: 14:00 – 17:00 (dushanba-payshanba kunlari)

 Telefon: (+99893-980-00-88)

 E-mail:  i.umarov@kokanduni.uz


 

 


Qo‘qon universiteti ilmiy-tadqiqot departamenti boshlig‘ining lavozim vazifalari

Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integrasiyasini ta’minlash, jahon andozalariga mos fundamental tadqiqotlar, fanning muhim sohalari bo‘yicha yangi ilmiy maktablarni shakllantirishni tashkil etish, rivojlangan mamlakatlar ta’lim va fan tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, xorijiy Universitetlar, ilmiy-tadqiqot Universitetlari bilan ilm-fan va oliy ta’lim sohasida o‘zaro teng manfaatli hamkorlikni amalga oshirish, Universitetda mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot texnologiyalardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informasion materiallarni keltirish, buning asosida ilmiy ishlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqalar.

Ilmiy-tadqiqot departamenti boshlig‘i haqida umumiy ma’lumot

Xalqaro MBA darajasiga ega.

20 dan ortiq ilmiy ish muallifi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huziridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida katta ilmiy xodim, “Coscom” kompaniyasida korporativ mijozlar bo‘limi boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

Ilmiy-tadqiqot departamenti haqida ma’lumot

Ilmiy-tadqiqot departamenti Qo‘qon Universitetining tarkibiy qismi bo‘lib, Universitet tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqaradi va muvofiqlashtiradi, hamda ularga tashkiliy-uslubiy jihatdan ko‘maklashadi. Universitet ta’lim yo‘nalishlaridagi oliy malakali mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkiliy-uslubiy boshqaradi va muvofiqlashtiradi. Universitet ilmiy-tadqiqot faoliyati sifatini boshqaradi va ta’minlaydi. Universitet ilmiy-tadqiqot bazasining rivojlanish istiqbollari va ilmiy-amaliy materiallar holatini o‘rganadi, tayyorlaydi va rahbariyatga taqdim qiladi. Universitetda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarning ilmiy-amaliy konferensiyalari, seminarlari va simpoziumlarini tashkil qiladi va boshqaradi.                

Ilmiy-tadqiqot departamenti mutaxassisi

Turova Sofia Elxamovna

Qo‘qon universiteti ilmiy-tadqiqot departamenti mutaxassisi

 Qabul vaqti: 09:00 – 15:00 (dushanba-juma kunlari)

 Telefon: (+99891-155-24-03)

 E-mail:  s.turova@kokanduni.uz