QO‘QON UNIVERSITETI HR DEPARTAMENTI BOSHLIG‘I

Matmusayev Rustamjon Raximjon ogli

Qabul vaqti: dushanba, chorshanba, juma (soat 14:00-17:00)

E-mail: HRD@kokanduni.uz

Tel: +99898 1776244

 

 

HR departamenti boshligining lavozim vazifalari:

•  Universitet rektori va ma’muriyatining xodimlar masalalarini hal qilish bo‘yicha faoliyatini ta’minlash;

•  rektor (prorektorlar) ko‘rib chiqishi uchun xodimlar bilan ishlash va mehnat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, tashkiliy va xodimlar masalalari bo‘yicha hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

•  universitet tegishli tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari bilan birgalikda xodimlarni tanlash, o‘rganish va joylash;

•  ishga kirayotganlarni universitet Ustavi, jamoa shartnomasi va Ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tanishtirish;

•  professor-o‘qituvchilar tarkibining saylanishi, ilmiy daraja va unvon berilishi, ilmiy-pedagogik staji haqida ma’lumotlarni belgilangan hujjatlarda aks ettirish.

HR departamenti boshligi haqida umumiy ma’lumot

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi -iqtisodiyot.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Raqamli iqtisodiyot fakultetida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini,  fakultet dekani v.v.b. lavozimlarida ishlagan.

20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish strategiyasi mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.