QAMBAROV JAMOLIDDIN HIKMATILLAYEVICH

Qo‘qon universiteti biznes va ta’lim fakulteti dekani

Qabul vaqti: payshanba 15:00 – 17:00

E-mail: j.kambarov@kokanduni.uz

Tel: +99873 545 44 44

Biznes va ta’lim fakulteti dekanining lavozim vazifalari

Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash, talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash, bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va yakuniy attestasiyada qatnashishlarini tashkil etish, iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar, jumladan xorijiy tanlovlarda qatnashishga tayyorlash, yangi informasion texnologiyalarning o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini ta’minlash, universitetning marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, Universitetlar bilan aloqalar o‘rnatishni tashkil etish, bitiruvchilarning ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish, amaliy tavsiyalar berish va boshqalardan iborat.

Biznes va ta’lim fakulteti dekani haqida umumiy ma’lumot

Iqtisodiyot fanlari nomzodi.

Farg`ona politexnika institutida Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi boshlig`i va menejment kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.

70 dan ortiq ilmiy ish va 2 ta monografiya, 1 ta o`quv qo`llanma muallifi.