Qo‘qon universiteti pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, farzandi to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi 2020/2021 o‘quv yili uchun barcha talabalarga amaldagi to‘lov-kontrakt miqdoriga 10% chegirma beradi.

Jumladan, iqtisodiyot, moliya, menejment, tadbirkorlik, mehmonxona va turizmni boshqarish ta’lim yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori 18.411.520 so‘mdan 16.570.368 so‘mga, maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori 17.141.760 so‘mdan 15.427.584 so‘mga kamaytirildi.