"BIZNES" KAFEDRASI


"BIZNES" KAFEDRASI MUDIRI

Mulaydinov Farhod Murotovich

Qabul vaqti: dushanba-juma 15:00 - 17:00

Telefon: +998916776200

E-mail: f.mulaydinov@kokanduni.uz

UMUMIY MA`LUMOT

Qo‘qon universitetining iqtisodiyot va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Mulaydinov Farhod Murotovich 1987 yil Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 2006-2010 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining bakalavr bosqichini, 2010-2012 yillarda magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2012 yilda Toshkent  axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida o‘qituvchilikdan boshlagan. 2019 yilga qadar ushbu universitetda o‘qituvchilikdan direktor o‘rinbosarigacha bo‘lgan lavozimlarda faoliyat yuritdi. 
2014 yilda Janubiy Koreyaning Inxa universitetida zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida malaka oshirib qaytgan. 
2019 yilning oktyabr oyidan Qo‘qon universiteti iqtisodiyot va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda. 
Farhod Mulaydinov ta'limda axborot texnologiyalari va zamonaviy iqtisodiyot sohalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boryapti. Kafedra professor-o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari doktori Muhammadjon Bo‘taboyev bilan hammualliflikda "Teoriya i praktika "zelyonoy" ekonomiki" va "Makroiqtisodiyot" o‘quv qo‘llanmasini nashr ettirdi. Mashkur o‘quv qo‘llanmalar ham universitetda malakali kadrlar tayyorlashda qo‘l keladi.

 

"BIZNES" KAFEDRASI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

Qo‘qon universitetida "BIZNES" kafedrasi 2019 yilda faoliyat boshlagan. Kafedra besh yo‘nalishda: 

  • iqtisodiyot; 
  • menejment; 
  • tadbirkorlik; 
  • moliya; 
  • mehmonxona va turizmni boshqarish

yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlashga mas'ul.
Kafedra tashabbusi bilan ilmiy izlanishlar samarasida ikkita o‘quv qo‘llanma - "Teoriya i praktika" zelyonoy ekonomiki" va "Makroiqtisodiyot" nomli kitoblar nashr etildi. Kafedrada ilmiy izlanishlar izchil davom etmoqda.