QO‘QON UNIVERSITETI AKADEMIK ISHLAR DEPARTAMENTI BOSHLIG‘I

Ruziyev Shohruzbek Ravshan o‘g‘li

Qabul vaqti: dushanba-chorshanba (soat 15:00 – 18:00)

E-mail: sh.ruziyev@kokanduni.uz

Tel: +99899 995 56 65

 

 

Akademik ishlar departamenti boshligining lavozim vazifalari:

O‘quv-uslubiy bo‘lim ishini tashkil qilish, vazifalarni xodimlar o‘rtasida taqsimlash, yuklatilgan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

-  universitetda o‘quv jarayonini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish maqsadida respublika va xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy muassasalar, bank, moliya, soliq tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish, ulardagi ilg‘or tajribalardan foydalanishni tashkil etish;

-  talabalar malakaviy amaliyotlarini o‘quv rejaga mos ravishda o‘tilishini ta’minlash;

-  professor-o‘qituvchilarni pedagogik, axborot texnologiyalari, kasbiy mahorati bo‘yicha malaka oshirish hamda qayta tayyorlashga yuborish va boshqalar.

Akademik ishlar departamenti boshligi haqida umumiy ma’lumot

Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

20 dan ortiq ilmiy ishlar, 1 ta o‘quv qo‘llanma muallifi.

O`zbekistonda turizm rivojiga hissa qo‘shmoqda,

Bir necha Xalqaro grantlar ishtirokchisi.

Akademik ishlar departamenti haqida ma’lumot

Akademik ishlar departamenti ta’lim jarayonini o‘rnatilgan tartibda xalqaro tajriba asosida tasdiqlangan malaka talablari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida dars jadvallarini tuzadi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini ta’minlaydi.

Muntazam ravishda har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kredit tizimi asosida ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari, o‘quv rejalar, fanlar dasturlarini rivojlangan davlatlar tajribasi va zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradi. Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish davrida ulardagi yaxshi faoliyat olib borilmayotgan me’yorlarni aniqlaydi va yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar tayyorlaydi.

  Mamlakatda va xorijda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va o‘quv jarayoniga joriy etadi.